Migratsiya agentligi va Germaniyaning Amazone ish beruvchi tashkiloti payvandchi, muhandis-mexanik va chilangarlarni ishga taklif etadi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Unga koʻra, oylik maosh 1800 yevro miqdorida boʻlib, uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari nomzodning oʻz hisobidan amalga oshiriladi. Ish jadvali haftasiga 5 kun, 40 soatni tashkil etadi. Hozirgi kunda 70 ta boʻsh ish oʻrni mavjud.
Nomzodlar 40 yoshgacha boʻlishi kerak. Bundan tashqari, nemis tilidan kamida A2 darajadagi Gyote, Telc yoki ÖSD xalqaro sertifikatiga ega boʻlishi zarur. Metall texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi yoki texnika yoʻnalishida kasb ta’lim diplomi yoki avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar mashinasozlik boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi. Shuningdek, soha...