Kia kompaniyasi Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan yangi Kia Sportage gibrid krossoverining narxlarini ma’lum qildi. Bu haqda 32cars xabar bermoqda.
Boshlang‘ich ComfortLine komplektatsiyasi 42,7 ming yevrodan boshlanadi. Bu avvalgi DynamicLine versiyasidan 1700 yevroga arzon. DynamicLine esa endi 45,7 ming yevro turadi.
Shuningdek, DynamicPlusLine – 48 ming yevro, GT-Line – 49 ming yevro, eng yuqori GT-PlusLine esa 52 ming yevro turadi.
Mashinaning umumiy quvvati 239 ot kuchiga yetkazildi. Bu avvalgidan 29 ot kuchiga ko‘p. 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish 7,9 soniyani tashkil qiladi. Endi u 1510 kg gacha tirkama torta oladi.
ComfortLine versiyasi 12,3 dyuymli multimedia ekrani, adaptiv kruiz-kontrol, ikki...