2025-yilda AQShda yangi avtomobilning o‘rtacha narxi $48 mingga yetdi. Biroq bozordagi bunday narx oshishlariga qaramay, cheklangan budjet bilan ham yangi avtomobil sotib olish mumkin bo‘lgan bir nechta modellardan iborat ro‘yxat mavjud. Visual Capitalist portali AQShdagi 2025-yil uchun eng oddiy va ishonchli avtomobillar reytingini e’lon qildi.
Bu ro‘yxatdagi barcha avtomobillar $26 mingdan (312 mln so‘m) kam narxda taklif qilindi, ya’ni bozorning o‘rtacha narxidan 1,8 baravar arzon.
2025-yildagi eng arzon yangi avtomobillar o‘nligi
Mitsubishi Mirage 2024 – Yaponiyada ishlab chiqarilgan ixcham xetchbek. O‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 km ga 5,5 litr. Jihozlanishi sodda, dvigatel quvvati – 78 ot kuchi. Shahar...