2025-yilgi O‘zbekistondan yangi gilos eksport mavsumi oldingi yillarga nisbatan ancha qisqa — 15 – 20-iyun atrofida yakunlanishini taxmin qilinmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli bir oy oldinroq tugaydi degani, deya xabar bermoqda EastFruit mutaxassislari.
Xabarga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida O‘zbekistondan xalqaro bozorga yangi gilos jo‘natmalari qisqargan va hozirda ichki bozorda eksport uchun mavjud hajmlar juda kam.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yilgi eksport mavsumi atigi 1-1,5 oy davom etadi. Solishtirish uchun, 2024-yilda gilos eksport mavsumi may boshidan iyul o‘rtalarigacha davom etgan, deya eslatib o‘tadi EastFruit tahlilchilari.
Ispaniyaning PSB Produccion Vegetal kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Farrux Abduxalimov mavsumning qisqarishiga sabab bo‘lgan...