Turizm qoʻmitasi 2025-yilda Oʻzbekistonga 12 million xorijiy sayyoh kelishini taxmin qilmoqda. Bu haqda sayyohlik agentliklari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qilindi.
Qoʻmita boshlig‘i Umid Shodiev joriy yilda respublikaga Rossiyadan 1 million nafargacha sayyohni jalb etish rejalashtirilganini ta’kidladi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 870 mingni tashkil qilgan.
Shuningdek, u mamlakatdagi mahalliy sayyohlar soni 23 million kishiga yetishini qo‘shimcha qildi.
Turizm qoʻmitasi turistik xizmatlar eksportini $3,5 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda, bu 2024-yildagi koʻrsatkichdan 9 foizga koʻpdir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonga 10,2 million xorijlik tashrif buyurgan, bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘pdir. Xitoydan kelgan mehmonlar soni 1,8 barobar, Italiyadan 1,5 barobar, Hindistondan kelganlar...