O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari endilikda 12 940,44 so‘mga baholanmoqda, ya’ni kurs 22 so‘m 54 tiyinga pasaygan.
Eslatib o‘tamiz, 8-dekabr kuni dollar rasmiy kursi rekord darajaga yetib, 12 962,98 so‘mga ko‘tarilgan edi.
Bundan avval, dollar kursi 7-yanvarda 12 948,10 so‘mga va 4-yanvarda 12 942,01 so‘mga ko‘tarilgan edi.
Kursiv Uzbekistan avvalroq ekspertlardan 2025-yilda dollar kursining qanday o‘sishi mumkinligi haqida so‘ragan edi.
2025-yil boshida so‘mning dollarga nisbatan 13 000 so‘mli psixologik chegaradan o‘tishi ehtimoli mavjud, deydi Alif Uzbekistan rahbari Nuriddin Lafizov. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirida...