«Yandex Uzbekistan» joriy yilning kuzida mamlakatdagi biznesini rivojlantirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya «Kursiv»ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ofisning ochilishi jamoani kengaytirish, yangi xizmatlarni tezroq ishga tushirish va mamlakatda faoliyat yuritayotgan xizmatlarni kengaytirishga imkon beradi. Shuningdek, kompaniya oʻzbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Toshkentdagi ofis Oʻzbekistonda Yandex Go shahar xizmatlarini, ta’limiy, ´´koʻngilochar va boshqa xizmatlarni rivojlantiruvchi xodimlarni birlashtiradi.
Ofis ochilgandan soʻng Yandex yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlariga qabul qilishni boshlaydi. Amaliyotlar kompaniya uchun ham, Oʻzbekistonning butun IT-sohasi uchun ham kadrlar zaxirasini yaratishga yordam beradi.
Amaliyotlarning boshlanishi — bu Yandex kompaniyasining IT-ta’lim dasturining bir qismi...