Oʻzbekiston hukumati nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun ijtimoiy himoya va reabilitatsiya vositalarini yanada kengaytirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni joriy etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, endilikda nogironlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari roʻyxati 18 tadan 30 taga koʻpaytirildi. Shu bilan birga, bu uchun ajratilgan mablagʻ miqdori 1,5 barobarga oshirildi. Natijada yil boshidan 100 mingdan ortiq odamning ehtiyoji ta’minlangan.
Yangi roʻyxatga yana 7 turdagi vositalar kiritildi va 2025-yilda 80 ming muhtoj odamga zarur protezlar yetkazib berish vazifasi belgilandi.
Shuningdek, tadbirkorlar nogironligi bor 40 ming kishini ishga joylashtirdi. Bu ijtimoiy dasturlarni kengaytirish maqsadida 1-yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan ishchilar uchun...