Foto: Global times
Xitoy turizm agentliklari bilan hamkorlikda sayyohlarga atom elektr stansiyalariga (AES) tashrif buyurish imkonini beruvchi masofaviy bron qilish tizimini yaratadi. Bu haqda China General Nuclear Power Group (CGN) xabar beradi.
Sayyohlar endigina ishga tushirilgan onlayn bron qilish tizimi orqali mamlakatdagi to‘qqizta AESga tashrif buyurishlari mumkin.
Birinchi ekskursiya Ninde stansiyasida amalga oshirildi. Xabarga ko‘ra, ushbu tashrif sinov ekskursiyasi sifatida amalga oshirildi. Qiziqqon sayyohlar to‘rtta CPR-1000 reaktorining ishlashi bilan tanishtirildi.
«U yerda qiziquvchan sayohatchilar to‘rtta CPR-1000 reaktorining ishlashi bilan tanishdi. Texnik ekskursiya yaqin atrofda joylashgan oq choy plantatsiyalariga ekskursiya bilan birlashtirildi», deyiladi xabarda.
Mutaxassislar...