Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust, dushanba kuni mamlakatda raqobatni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbarining axborot xizmati maʼlum qildi.
Unga koʻra, iqtisodiyotga hukumat aralashuvini qisqartirish, katta monopoliyalarni tiyib boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar raqobat muhitiga yaxshi taʼsir qilayotgani maʼlum qilindi.
«Soʻnggi besh yilda 25 tadan ortiq tovarlar boʻyicha raqobat muhiti yaxshilandi. 7 ta faoliyat turi boʻyicha raqobatni cheklovchi eksklyuziv huquqlar bekor qilindi. Davlat ishtirokidagi korxonalar 42 foizga kamayib, tadbirkorlik subyektlari soni 1,6 barobar koʻpaydi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, sohaga oid ishlar oqimi va samaradorligini kengaytirish uchun raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda iqtisodiyotda...