Chevrolet Tahoe avtomobili Rossiyaga parallel import va boshqa muqobil sxemalar boʻyicha yetkazib berilmoqda. Bu haqda «Avtonovosti dnya» nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning Barnaul shahridagi avtosalonda Chevrolet Tahoe avtomobili 10,99 mln rubldan (1,34 mlrd soʻm) boshlab sotilmoqda. Tarqalgan fotosuratlarga qaraganda avtomobil ZZ1 versiyasida taqdim etilgan boʻlib, lyukli panoramali tom, jigarrang charm interyer, raqamli asboblar paneli, tachskrinli media tizim, orqa yoʻlovchilar uchun monitor, uchinchi qator oʻrindiqlar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, mamlakatning boshqa oʻlkalarida ham Chevrolet Tahoe sotuvga qoʻyilgan. Lekin ularning barchasi faqat buyurtma asosida sotiladi. Vladivostokda 16 mln rubldan (1,9 mlrd soʻm) sotilayotgan boʻlsa, Moskva viloyatida narxlar...