Bugun soat 18:00 da Hyatt Regency Toshkent mehmonxonasida xotin-qizlar yetakchiligi bo‘yicha «Tenglar orasida birinchi» xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirni «Kursiv» biznes nashri Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Coca-Cola kompaniyasi koʻmagida tashkil etildi.
Mukofot Markaziy Osiyo mamlakatlarida xotin-qizlar yetakchiligi g‘oyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan yetakchi ayollar, tadbirkorlar, faollar, shuningdek, tashkilot va loyihalarning xizmatlarini e’tirof etishga qaratilgan. Ayollar yetakchiligining yangi shaxslarini izlab topish, ayollar yetakchilik madaniyatini shakllantirish, xotin-qizlar o‘rtasida ta’limni ommalashtirish va jamiyatda stereotiplarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratildi.
Marosim doirasida qishloq xoʻjaligi, qurilish, sanoat, axborot texnologiyalari, tadbirkorlik, ommaviy axborot vositalari, fan sohalaridagi yutuqlar, shuningdek, ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi eng yaxshi xalqaro...