Markaziy bank «Milliy pochta toʻlovlari» va «Qulay pul» MCHJlarning faoliyati uchun berilgan litsenziyalarni bekor qildi. Bu Markaziy bank rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, «Milliy pochta to‘lovlari» litsenziyasi 2020 yilda berilgan. Kompaniya ta’sischisi «O‘zbekiston pochtasi»dir. Markaziy bank xabarida qayd etilishicha, litsenziya tashkilotning arizasi asosida bekor qilingan.
Xuddi shu asosda «Qulay pul» ishi to‘xtatildi. Kompaniya to‘lov tizimi litsenziyasiga ega edi. U 2021-yilda Markaziy bankdan ishlash uchun ruxsatnoma olgan. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestriga ko‘ra, 2024-yil 16-iyul holatiga kompaniyaning uchta ta’sischisi bor. Asosiy egalari – Viktor Nasochevskiy va Baxtiyorjon Isamidinov. Ular mos ravishda 50 va 30% ga...