O‘zbekistonda IT sohasining eksport geografiyasi 78 mamlakatga kengayib, IT-kompaniyalar soni 936 taga yetdi. Bu haqda IT Park Uzbekistan ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2023-yilga nisbatan 170 foizga oshgan eksportchi kompaniyalar, kuchli startap ekotizimi va infratuzilma rivojlanishi hisobiga mamlakat Markaziy Osiyo yetakchisiga aylandi.
Yangi 434 nafar eksportchi rezidentlardan 223 tasi IT-xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, 190 tasi autsorsing va 21 tasi kreativ sanoatda faoliyat yuritadi. Hududlarda IT-xizmatlar eksporti 374 foizga o‘sgan. Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlari eng namunali hududlar hisoblanadi.
Shuningdek, Zero Risk dasturi orqali 570 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi. O‘zbekistonning 2024-yil 3-choragidagi umumiy eksport hajmining 45 foizi Shimoliy Amerika...