Uorren Baffetning «Berkshire Hathaway» kompaniyasi Xitoyning elektr transport vositalarining eng yirik sotuvchisi BYD’dagi aksiyalarini sotishni tezlashtirdi. Bu haqda xalqaro «Reuters» nashri xabar qildi.
Berkshire 19-iyun kuni BYDning chiqarilgan H-aksiyalaridagi ulushini 5,99 foizga kamaytirgani ma’lum bo‘ldi. 11-iyun kuni ulushlar 7,02% ni tashkil etgan.
Qayd etish joizki, Baffet kompaniyasi BYD kompaniyasiga 2008-yilda sarmoya kiritishni boshlagan, o‘shanda u taxminan 225 million aksiya uchun 230 million dollar to‘lagan, bu esa 10% ulushga teng edi.
Shuningdek, Berkshirening temir yo‘l, kommunal xizmatlar va energetika xarajatlaridan tashqaridagi naqd pul ulushi 182,3 milliard dollarni tashkil etgan. 4-may kuni Berkshire’ning yillik yig‘ilishida Baffet bu chorakda ko‘rsatkichlarni 200 milliard...