Rossiyaning «Ozon Komyuniti» va «Rusal Komplektatsiya» korxonalari Oʻzbekiston fuqarolarini ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, «Ozon Komyuniti» korxonasi omborxona ishlariga taklif qilmoqda. Ish haqi 12 mln soʻmni (85 ming rubl) tashkil qiladi. Nomzodlar 18–55 yosh oraligʻida boʻlish, rus tilini bilish, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan va sogʻlom boʻlishi kerak.
Aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona, transport ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Shuningdek, fuqarolar Rossiyaning yana «Rusal Komplektatsiya» korxonasiga ham ishga taklif qilinmoqda.
Ish turi alyumin quyuvchi boʻlib, oylik maosh 11,2 mln soʻmdan (80 ming rubl) boshlanadi.
Nomzodlarga...