
Guruh qayta birlashishga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston madaniyatni rivojlantirish uchun sun’iy intellekt (SI) va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Ijodiy texnologiya laboratoriyasi ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shavkat Mirziyoyev bu haqda tegishli farmonni imzoladi. Ijodkor yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish uchun yagona ERP madaniyat platformasi yaratiladi. Maktab va texnikumlarda yoshlar ijodiy to‘garaklari ochiladi, respublika miqyosida «Madaniyat ko‘ngillilari» harakati tashkil…
5-iyun kuni zamonaviy oʻzbek dizayniga bagʻishlangan «Oʻtmish va kelajak bogʻi» pavilyoni ilk bor London dizayn biyennalesida taqdim etiladi. Tashrif buyuruvchilar pavilyonda Madina Qosimboyevaning soʻzanalari, Tigran Erdman va Timur Parmanovning mebellari hamda boshqa san’at asarlarini tomosha qilish imkoniga ega boʻladi. Pavilyon Oʻzbekistondagi DNA strategik kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etiladi. Dizayn konsepsiyasini…
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidova duet kuylaydimi? Bu savolga xonandalarning o‘zlari Milliy TV jurnalistiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Jurnalist Ozoda Nursaidovaga ikki xonanda ijrosidagi dueti qanday bo‘ladi, duet ijro etilishi mumkinmi qabilidagi savol bergan. «Nasib endi, yaxshi niyat qilsak bo‘lib qolar… Hamma narsa bo‘lishi mumkin, do‘st degan…
Sony Pictures bugun «The Karate Kid: Fusion» filmi taqdim etilishi tasdiqlanganini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda. 71 yoshli Jeki Chan navbatdagi kinokartinada ham bosh rolni ijro etadi. Film Shimoliy Amerikada 2025-yil 30-mayda namoyish etilishi tasdiqlangan. Manbaga ko‘ra, ushbu film rejissyori Jonatan Entvistl allaqachon qahramonlar uchun ijodkorlarni tanlab…
O‘zbekiston Intervision musiqa tanlovida ishtirok etadi. Bu haqda «RIA Novosti” Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoyga tayanib xabar bermoqda. Musobaqada O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Saudiya Arabistoni va Qozog‘iston ham ishtirok etishini tasdiqladi. Intervision’da Ozarbayjon, Braziliya, Tailand va Janubiy Afrikadan kelgan musiqachilar ham ishtirok etadi. Shu bilan birga,…
Navroʻz bayrami — Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Kavkaz mamlakatlarining anʼanaviy bahor bayrami hisoblanadi. Mamlakatimizda ham 21-mart kuni mazkur bayram keng nishonlanadi. Navroʻzda dasturxon yozilib, oila aʼzolari bilan yigʻilish odat tusiga kirgan. Kursiv Uzbekistan toʻrt kishiga moʻljallangan bayram dasturxoni necha pulga aylanishini hisoblab chiqdi. Bizning bayram taomnomamiz: Salatlar, mevalar, tamaddilar Sumalak,…
Ramazon oyi musulmonlar uchun har bir harakatda e’tiborliroq boʻlishni talab qiladi. Tanovul, harakat va dam olishda ham sogʻlik uchun eng muhim amallarni bajarish kerak. Kursiv Uzbekistan ramazon oyini qiyinchiliksiz oʻtkazish uchun bir qator tavsiyalarni e’tiboringizga taqdim etadi. Bu maqolada nimani bilib olasiz: Tez yordam vrachi nima deydi Sogʻlom ovqatlanishga jiddiy…
O‘zbekiston hukumati Farg‘ona viloyatining Rishton shahrida kulolchilik tarixi muzeyini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi. Muzey eksponatlarni yig‘ish va saqlash bilan birga, «Ustoz – shogird» an’anasi asosida yoshlarga kulolchilik san’atini o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. Madaniyat muassasasi ko‘rgazmalar tashkil etishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni rejalashtirgan. Muzey faoliyati…
Asosiy yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonga o‘rnatildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi. Bosh archaning rasmiy ochilishi 25-dekabrga belgilangan. Archa 35 metr balandlikda bo‘lib, 33 ming dona o‘yinchoq bilan bezatiladi. Bayram maydonida yana 4 ta kichik archa va dekorativ elementlar ham joylashtiriladi. Ishchi guruh konstruksiyani…