Chery Exeed brendi Xitoy bozorida Chery Exlantix ET5 avtomobili uchun oldindan buyurtmalarni ochdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Modelning boshlang‘ich narxi 159 900 yuan, ya’ni taxminan $22,5 ming. U 205 km sof elektr yurish masofasini taklif qiladi.
ET5 ikki xil versiyada taqdim etildi. Krossoverning uzunligi 4 780 mm, eni 1 890 mm, balandligi 1 725 mm, g‘ildirak bazasi esa 2 800 mm. Old qismdagi uch chiziqli faralar va EXEED yozuvi modelga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Orqa qism to‘liq LED chiziqli fara bilan yakunlanadi.
Salonda minimalizm va texnologiya uyg‘unlashgan. Haydovchi uchun 10,25 dyuymli panel, markazda 15,6 dyuymli displey va old...