TBC Bank endilikda mamlakatda yashayotgan chet el fuqarolari uchun ham moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya Kursiv’ga ma’lum qildi.
Endi norezidentlar bank kartalarini rasmiylashtirishi, omonat ochishi, pul o‘tkazmalari va boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin. Barcha jarayonlarning asosiy qismi onlayn amalga oshiriladi, ofisga borish talab etilmaydi.
Bank ma’lumotiga ko‘ra, norezidentlarga mavjud mijozlar kabi qulay ilova, shaffof shartlar va tezkor ro‘yxatdan o‘tish jarayoni taqdim etiladi. Mijoz bo‘lish uchun TBC UZ ilovasini yuklab olish, pasport va O‘zbekistondagi vaqtinchalik ro‘yxatni ko‘rsatish kifoya. So‘ng bank vakili shartnomani imzolash uchun mijozga qulay joyga keladi. Hozircha bu imkoniyat faqat Toshkentda mavjud, ammo yil yakuniga qadar geografiya kengaytirilishi...