Li Auto kompaniyasi tomonidan ikkinchi Li Auto i8 elektromobili taqdim etildi. Bu model o‘zini rasmiy ravishda katta o‘lchamli uch qatorli SUV sifatida ko‘rsatadi, biroq uning dizayni va funksiyalari ko‘proq MPV (miniven) konsepsiyasiga yaqinlashadi.
O‘lcham va aerodinamika
Avtomobil oilaviy segmentning o‘rta va yuqori qismiga mo‘ljallangan. Li Auto i8 uzunligi 5085 mm, kengligi 1960 mm, balandligi 1740 mm va g‘ildirak bazasi 3050 mmga ega. Ushbu ko‘rsatkichlari bilan u boshqa o‘rta va katta SUV’lar qatorida raqobatlashadi. Biroq avtomobil 0,218 Cd aerodinamik qarshilik koeffitsienti bilan ajralib turadi. Bu uning o‘lchamida eng pastlardan biri.
Dizaynda oqimli chiziqlar va tomga yaqin joylashtirilgan LED chiroqlar qo‘llangan...