Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Yakkasaroy tumanida olib olib borilgan tekshiruv davomida fuqaro boshqa bir fuqaroga tarkibida «sibutramin» moddasini saqlagan ikki turdagi dori vositasini 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Shuningdek, uning boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi salonidan savdo uchun olib kelingan xorijda ishlab chiqarilgan jami 1071 dona turli nomdagi dori vositalari dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganda yashirin dori omborlari fosh etilgani haqida...