27-sentabr kuni O‘zbekiston poytaxtida Markaziy Osiyo tarixida birinchi marta «Web Summit Spotlight» – dunyodagi eng nufuzli texnologik forumlardan birining maxsus formati bo‘lib o‘tadi. Tadbir IT Park Uzbekistan va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan «Web Summit» bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Lissabonda o‘tkaziladigan asosiy «Web Summit» har yili 70 000 dan ortiq ishtirokchini bir joyga to‘playdi. Ular orasida startaplar asoschilari, xalqaro korporatsiyalar rahbarlari, investorlar va global texnologik kun tartibini belgilovchi tadqiqotchilar bor. Toshkentda «Spotlight» tadbirining tashkil etilishi «Web Summit» ekotizimining geografiyasini kengaytiradi. Bunga qadar Lissabon, Rio-de-Janeyro, Vankuver, Gonkong va Doha shaharlarida o‘tkazilgan mazkur tadbir endi Markaziy Osiyoga ham global aloqalar o‘rnatish, sarmoya jalb qilish va bilimlardan bevosita foydalanish imkonini yaratadi.
«Spotlight» sahnasi bozor taraqqiyotiga turtki berayotgan nomlar va...