AQSh Davlat departamenti 2025-yil 16-oktabrdan boshlab Diversity Visa (Green Card) lotereyasida qatnashuvchi barcha ishtirokchilardan $1 miqdorida elektron ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi olinishi haqida e’lon qildi.
Ilk bor oddiy ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi pullik bo‘lmoqda. Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, yangi tartib DV lotereyasining xarajatlarini adolatli taqsimlash uchun joriy etilgan. Shu paytgacha xarajatlar asosan 55 ming nafar g‘olib bo‘lgan va viza arizasi topshirishga o‘tgan ishtirokchilar zimmasiga tushgan edi. Endilikda esa har yili ro‘yxatdan o‘tadigan 25 milliondan ortiq arizachi bu xarajatlarga hissa qo‘shadi.
Yillik tushum taxminan $25 millionni tashkil etishi kutilmoqda. Bu mablag‘ tizimni modernizatsiya qilish, ma’lumotlarni yaxshiroq yig‘ish va xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytirishga yo‘naltiriladi...