Toshkent shahrida 14 – 17-noyabr kunlari o‘tkaziladigan yirik xalqaro tadbirlar sabab ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, belgilangan kunlarda yuk avtomobillarining shaharga kirishi va shahar ichida harakatlanishi to‘xtatiladi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra,
15-noyabr kuni soat 14:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Ganga ko‘prigi kesishmasidan boshlab, Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtincha yopiladi. Haydovchilar Sebzor va Nurafshon ko‘chalari orqali aylanma tarzda harakatlanishlari mumkin. 15-noyabr kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Qorasaroy ko‘chalari chorrahasidan boshlab, Qorasaroy ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon–Qorasaroy chorrahasigacha harakat vaqtincha cheklanadi...