Rossiya dilerlari tomonidan Chevrolet Tracker narxlari pastlatildi. Bu haqda Rossiyaning «Avtonovosti dnya» nashri xabar bermoqda.
Chevrolet Tracker modelining Rossiyadagi narxi 1,65 mln rublni ($20 ming) tashkil etadi. Bir qator rus nashrlari avtomobilni o‘rta segmentdagi hamyonbop sedan sifatida baholamoqda. Ularning fikricha, xuddi shunday qulaylikka ega boshqa modellar nisbatan qimmatroq.
Ammo ushbu avtomobil Ufadagi dilerda 2,1 mln rubldan ($26 ming) sotilayotgan bo‘lsa, Moskvadagi dilerda 2,49 mln ($31 ming) rubl qiymat belgilangan.
Rossiya bozorida sotiladigan avtomobil 165 ot kuchiga ega 1,3 litrli uch silindrli turbo dvigatel va CVT bilan jihozlangan. O‘zbekistondagi model esa 1,2 litrli uch silindrli turbo dvigatelga bo‘lib...