Toshkentning yangi aeroporti butun Markaziy Osiyo uchun aviahabga aylantiriladi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Kursiv Uzbekistan nashriga bergan intervyusida.
Yaqin vaqt ichida havo bandargohi qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos (TIA) tasdiqlanishi kutilmoqda. Yangi aeroport yo‘lovchilar oqimini sezilarli darajada oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, poytaxt uchun yangi aeroport zarur. Hozirgi amaldagi aeroport yiliga 13,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. 2024-yilda bu aeroportdan deyarli 9 mln yo‘lovchi foydalangan.
Agar yo‘lovchilar oqimi o‘sish tendensiyasi saqlanib qolsa, mavjud aeroport yaqin yillarda maksimal yuklama darajasiga yetadi. Uning kengaytirilishi esa texnik jihatdan imkonsiz.
Shu bilan birga, yangi...