Toshkent aeroportida joriy yilning 1-yanvaridan 30-avgustigacha davrda 535 ta taqiqlangan buyum olib qo‘yildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, musodara qilingan buyumlar orasida pichoqlar, xanjarlar, kastetlar, pirotexnika vositalari, harbiy qurol-yaroq va ularga o‘xshatmalari, gaz ballonlari, elektroshokerlar, dronlar va hatto o‘yinchoq qurollar ham bor.
Uzbekistan Airports’ga ko‘ra, bunday buyumlar yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli yo‘lovchilarga oldindan taqiqlangan buyumlar ro‘yxati bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Bu nafaqat nazoratdan tez o‘tishga yordam beradi, balki parvozlar xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
20-iyuldan O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlari bilan bog‘liq...