13-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 14-26° atrofida, kunduzi esa 25-41° orasida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
13-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 14-26° atrofida, kunduzi esa 25-41° orasida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Madonna Papa Leo’dan Falastindagi ochlikdan aziyat chekayotgan bolalar uchun gumanitar missiya bilan G‘azoga borishni so‘radi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, san’atkor Papa Leoni ertaga qoldirmasdan G‘azoga borishga chaqirdi va ona sifatida bularni ko‘rishga jur’at qilolmasligini ta’kidladi.
Papa Isroilning G‘azoga qarshi urushini tanqid qilib, iyulda o‘q otishni to‘xtatishni so‘ragan edi. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yildan beri G‘azoda 18 mingdan ortiq bolalar halok bo‘lgan, Isroil esa insonparvarlik yordamini to‘smoqda.
Madonna hech kimni ayblamayotganini aytib, hamma azob chekayotganini ta’kidladi. JSST bosh direktori uning gumanitar masalaga e’tiborini yuqori baholadi. Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi urush boshidan beri 222 kishi ochlikdan vafot etganini...
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Malika Kadirxanova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamovaga xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha so‘rov yubordi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma’lum qildi.
So‘rovda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari so‘nggi yillarda oshgani ta’kidlanib, 2025-yilning birinchi yarmida 48 303 ta tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgani, bu o‘tgan yilga nisbatan 121% ko‘p ekani bildirildi. Eng ko‘p holatlar Toshkent viloyati, Buxoro, Qashqadaryo va Andijonda aniqlangan.
Senator so‘rovda tazyiqning sabablarini aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mahallalarda murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida...
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi loyihalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
So‘nggi sakkiz yilda viloyatga $8 mlrddan ortiq investitsiya jalb qilinib, sanoat sohasida 6 mingta yangi korxona ochildi, sanoat mahsulotlari hajmi 6 barobardan oshdi. Turizm rivojlanib, yillik sayyohlar soni 1,7 mlnga yetdi.
2024-yilgi qarorga muvofiq, joriy yilning 6 oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3%ga oshdi, 198 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushdi, yalpi hududiy mahsulot 6,4%ga o‘sdi. «Islohotlar shtabi» yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda – Peshku tumanida grafit qazib olish, Vyetnam va Hindiston kompaniyalari turar joy va jarrohlik markazi qurishni rejalashtirmoqda.
Viloyatda...
Toshkent shahrining 5 ta ko‘chasida avtomobillar uchun tezlik cheklovini oshirish taklifi berildi. Bu haqda xalq deputatlari shahar Kengashining yig‘ilishida poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimov ma’lum qildi.
Bu taklif amalga oshsa, radarlarda qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirma berilib, shahar markazida tezlik chegarasi 90 km/soatgacha ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakat joriy etish va chorrahalarda elektr uzilishlarida ham ishlaydigan UPS tizimlarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu orqali svetoforlar uzilishlardan ta’sirlanmasligi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, 2023-yil aprelidan shaharlarda tezlik chegarasi 70 km/soatdan 60 km/soatga pasaytirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi uchun...
2025-yil 12-avgustda Andijon aeroporti mart oyida boshlagan keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng ilk xalqaro reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Flyone Asia» aviakompaniyasining Andijon – Jidda yo‘nalishidagi haftasiga ikki marta (seshanba va payshanba) 151 yo‘lovchi bilan muntazam parvozni amalga oshirdi.
Shuningdek, Andijondan Toshkentga ham «Silk Avia» va «Uzbekistan Airways» kompaniyalari muntazam reyslarini amalga oshirib kelmoqda, bu esa hududning ichki va tashqi aloqalarini yanada yaxshilaydi. Andijon aeroportining faoliyati qayta tiklangani mintaqaning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air China Urumchi – Toshkent yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirgan edi.
Shavkat Mirziyoyev suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar taqdimoti bilan tanishib, 2025 – 2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini ma’qulladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dastur doirasida 2 551 km irrigatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi, nasos stansiyalaridagi eski uskunalar tejamkoriga almashtiriladi va elektr iste’moli kamaytiriladi.
424 ming gektar suv ta’minoti past yerlar 276 ming gektargacha qisqartiriladi, 460 ming gektar foydalanilmayotgan maydon qayta ekishga yaroqli holga keltiriladi. 1,4 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalar, jumladan, 293 ming gektarda tomchilatib sug‘orish joriy etiladi.
Suv xo‘jaligini raqamlashtirish maqsadida 12 ming meliorativ quduq va 1 750 nasosda zamonaviy monitoring tizimi o‘rnatiladi...
Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi 2025-yil iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan 11 ta yig‘ilishda 59 ta masalani muhokama etdi va qarorlar qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ko‘rilgan masalalardan 37 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida bo‘lib, ular orasida yangi mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit tashkilotlari ustavlariga o‘zgartirishlar kiritish, banklarda audit huquqini berish hamda tijorat banklari rahbariyati nomzodlarini tasdiqlash masalalari bor.
Moliyaviy holat bo‘yicha 22 ta masalada banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, prudensial me’yorlarga rioya etilishi hamda pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi choralar muhokama qilindi. Qonunchilik talablarini buzgan 15 ta to‘lov tashkilotiga chora...
7-avgust kuni Toshkentdagi «Milliy» (Bunyodkor) stadionida Jennifer Lopezning Up All Night – LIVE IN 2025 jahon gastrollari doirasidagi mega-shou konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu konsert O‘zbekiston budjetiga 42,5 mlrd so‘m foyda keltirdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kursiv’ga ma’lum qildi.
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, bu konsert Osiyodagi eng yirik tadbir bo‘lishi bilan birga, O‘zbekiston tarixida AAA toifasidagi san’atkor ishtirokidagi ilk dastur sifatida tarixga kirdi.
AAA — bu eng mashhur san’atkorlarni ifodalovchi xalqaro tasnif bo‘lib, bunday konsertlar murakkab texnik tayyorgarlikni talab qiladi.
Tadbirga Lopez jamoasining 90 dan ortiq a’zosi keldi. Konsertni 31 144 kishi tomosha qildi, 25 ming chipta sotildi...
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda tomonlar O‘zbekiston-Hindiston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Xususan, joriy yil boshidan ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga oshgani, 40 ga yaqin yangi qo‘shma korxona va kooperatsiya loyihalari ishga tushirilgani ta’kidlandi. Hindiston kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli ikki milliard dollarga yetgani, O‘zbekistonda Hindiston universitetlarining to‘rtta filiali faoliyat yuritayotgani qayd etildi.
Yetakchilar endi farmatsevtika, kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi...
Chevrolet Cobalt so‘nggi yillarda O‘zbekiston avtomobil bozorining eng ommabop modellardan biri bo‘lib kelmoqda. 2025-yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda ishlab chiqarilgan har uchta yengil avtomobildan biri. Ixcham sedan o‘zining arzonligi, keng saloni va ishonchliligi tufayli keng omma orasida katta mashhurlikka erishdi. Biroq avtomobil sanoati doimiy ravishda yangilanib borar ekan, tabiiy savol tug‘iladi: yaqin kelajakda Chevrolet Cobalt o‘rnini qaysi model egallaydi?
Quyidagi maqolada O‘zbekiston bozoridagi hozirgi tendensiyalar hamda Cobalt ommalashgan Braziliya, Argentina va Rossiya kabi xorijiy bozorlardagi vaziyat tahlil qilinadi.
O‘zbekistonda Cobalt o‘rnini bosuvchi modellarga nazar
O‘zbekistonda arzon va o‘rta narx segmentidagi sedan bozorini hozircha Chevrolet Cobalt egallab turibdi. 2025-yil...
O‘zbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Al-Ain University raisi o‘rinbosari Nur Aldin Atatrex bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish, universitet rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda mamlakatda universitet filialini ochish masalasi muhokama qilindi.
Al-Ain universiteti BAAning Al-Ayn va Abu-Dabi shaharlarida ikki asosiy kampusga ega. Universitet muhandislik, farmatsevtika, tibbiyot, huquq, ta’lim, ijtimoiy fanlar, biznes va ommaviy kommunikatsiyalar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.
Nur Aldin Atatrex ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatlagan holda, O‘zbekistonda uy-joy qurilishi va sog‘liqni saqlash sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga...
2025-yilning iyul oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming donani tashkil etib, bu o‘tgan oyga nisbatan 27 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yil yanvaridan beri (144,5 ming dona) eng yuqori natija bo‘lgan.
Iyul oyida yengil avtomobillar segmentida savdo hajmi sezilarli darajada oshdi. Umumiy savdo hajmi qariyb 100 ming donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 25 foizga ko‘p.
Eng yuqori o‘sish Toshkent (51%), Namangan (49%) va Xorazm (40%) viloyatlarida kuzatildi.
Taqqoslash uchun, iyun oyida yengil avtomobillar savdosi hajmi 3 foizga oshgan bo‘lsa, iyulda...
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, soddalashtirilgan tartibda ijro etiladigan ishlar doirasi kengaytiriladi. Bunga videokonferensaloqa xarajatlari, kommunal xizmatlar va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklar, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmaydigan ijro hujjatlari kiradi.
Parlamentdagi muxolifat fraksiyasi takliflariga asosan, bunday ishlar yuzasidan undiruv qarzdor jismoniy shaxslarning bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘lariga qaratilmaydi.
Qonun normalari undiruv jarayonini samaraliroq qilish, oddiy ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarni ortiqcha bezovta qilmaslik va taqiq hamda cheklovlarsiz undiruvni amalga oshirish imkonini beradi.
Mazkur qonun loyihasi bahs-munozara va...
Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez O‘zbekistondagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
«So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalari mislsiz dinamikani namoyon etdi, mamlakatlarimiz tarixiy marralarga erishdi, davlatlarimiz strategik hamkorlarga aylandi. Elchi xonimning aloqalarimiz sarhadlarini kengaytirishga qo‘shgan doimiy hissasini yuksak qadrlaymiz va yangi faoliyatida barcha yutuqlarni tilaymiz», — dedi vazir.
Ma’lumot uchun, Bushez 2021-yil 8-oktabr kuni o‘sha paytdagi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirgan, 2021-yil 27-dekabrda esa Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini taqdim etgan edi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Ukraina elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini tugatgani haqida...
Rasmiy ishlovchi xodimlarning oylik ish haqi norasmiy maosh oluvchilarnikidan o‘rtacha 1,3 mln so‘mga yuqori. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) direktori Obid Hakimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy maosh norasmiy maoshdan 1,5 mln so‘mga, savdoda — 1,3 mln so‘mga, umumiy ovqatlanish sohasida esa 1,1 mln so‘mga ko‘p.
Hakimovning ta’kidlashicha, respublikada so‘nggi to‘qqiz yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 55 foizdan 34,8 foizga tushgan. Shuningdek, so‘nggi sakkiz yilda norasmiy bandlik darajasi qariyb ikki baravar kamayib, 60 foizdan 38 foizga yetgan.
Bundan avval prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilishda soliq...
AQShda bir erkak ChatGPT maslahatiga amal qilib, uch oy davomida ovqatiga tuz o‘rniga bromid sepgan. Natijada u og‘ir zaharlanish va psixozga chalingan holda majburiy ravishda ruhiy shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Annals of Internal Medicine xabar berdi.
Bemor paranoya alomatlari bilan shifoxonaga tushgan, ko‘ziga turli narsalar ko‘rinib, suv ichishdan bosh tortgan. Uning aytishicha, uni qo‘shnisi zaharlagan. Tekshiruv natijasida uning bromid bilan zaharlangani aniqlangan va psixiatriya bo‘limiga joylashtirilgan.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u tuz iste’molini kamaytirish uchun sun’iy intellekt’dan (SI) tuz o‘rniga nima ishlatish mumkinligini so‘ragan. SI esa unga bromiddan foydalanishni maslahat bergan. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, SI bromidning...
OpenAI foydalanuvchilar tanqididan so‘ng ChatGPT Plus obunachilari uchun GPT-4o modelini qaytardi. Bu haqda interestingengineering nashri ma’lum qildi.
Yangi GPT-5 universallashtirilgan model sifatida taqdim etilgan bo‘lsa-da, ishga tushirilgach jiddiy texnik muammolarga duch keldi.
Asosiy nosozlik real vaqt rejimida optimal modelni tanlash uchun mo‘ljallangan avtomatik marshrutizator ishlamay qolganda yuzaga keldi. OpenAI bosh direktori Sem Altman Reddit’dagi AMA sessiyasida avtoalmashgich ishdan chiqqani va GPT-5 ancha ahmoqona tuyulganini ta’kidladi.
Shuningdek, taqdimot davomida SWE-bench Verified test natijalari noto‘g‘ri grafik bilan ko‘rsatilgani aniqlanib, model imkoniyatlari oshirib ko‘rsatilgan. Altman buni grafiklardagi mega xato deb atadi.
Kompaniya nafaqat GPT-4o’ni qaytarmoqda, balki foydalanuvchi so‘rovlariga mos modelni tanlash jarayonini...
Oliy sud matbuot xizmati Rasul Kusherbayevdan aliment undirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat biltirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yil 26-iyunda Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga fuqaro sobiq turmush o‘rtog‘i Kusherbayevdan voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun aliment undirish yuzasidan ariza bergan.
2025-yil 28-iyunda sud arizani qanoatlantirib, 2023-yil 5-oktabrda tug‘ilgan qizi uchun Kusherbayevning jami daromadining 1/4 qismini har oyda aliment sifatida to‘lash majburiyatini belgilagan. Bundan tashqari, sud qarzdordan pochta xarajatlari va davlat boji ham undirilishini belgilagan.
Shundan so‘ng Kusherbayev sud qaroridan norozi bo‘lib, 2025-yil 21-iyulda qonuniy tartibda e’tiroz kiritgan. Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra, bunday e’tiroz kiritilganda sud buyrug‘i...
Bugun, 12-avgust kuni dollar kursi 79,52 so‘mga pasayib, 12 509,83 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 136,36 so‘mga pasayib, 14 520,16 so‘mni, rubl esa 1,09 so‘mga pasayib, 156,55 so‘mni tashkil qildi.
Yevro va rubl valyutasining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Quyida yevro va rubl kurslarining o‘zgarishi bo‘yicha jadval keltirilgan:
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tilidan foydalanish masalasida bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat bir qator qonunlar va Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks normalarini «Davlat tili haqida»gi konstitutsiyaviy qonunga to‘liq muvofiqlashtirishga qaratilgan. Xususan, rasmiy hujjatlar, reklama materiallari, xaritalar, davlat va xususiy muassasalarning kommunikatsiyalarida qirg‘iz tilidan foydalanish majburiyati kuchaytirilmoqda.
Endi barcha rasmiy jarayonlar — huquqni muhofaza qiluvchi organlar, milliy xavfsizlik ishlari, notarial harakatlar va bank xizmatlarigacha davlat tilida amalga oshirilishi shart. Shuningdek, qonun migratsiya, televideniye, radio va saylov jarayonlarida qirg‘iz tilidan foydalanish talablarini kuchaytiradi.
Rasmiy xaritalar, ko‘rsatkichlar va hujjatlardagi...
8-10-avgust kunlari Xorazmdagi Arda Xiva majmuasi va Ichan qal’ada «Qovun sayli 2025» bo‘lib o‘tdi. Kursiv Uzbekistan muxbiri ushbu tadbirda ishtirok etib, fotoreportaj tayyorladi.
Festival doirasida 19ta tematik stendlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda Xorazmning barcha tumanlari va fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlari, texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdi.
Shuningdek, festival gastrozonalarda Xorazm oshxonasining o‘ziga xos milliy taomlari — shivit oshi, gumma, qovundan tayyorlangan shirinliklar taqdim etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda festivalga 500 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich milliondan oshdi. Jumladan, 300 ming xorijiy sayyoh keldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Arda Xiva turizm markaziga sayohatdan fotoreportajni taqdim etgandi.
O‘zbekistonda ikkita bloger mamlakatda taqiqlangan tavakkalchilik va qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi reklamalar joylashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.
Unga ko‘ra qo‘mita «Melbet» bukmekerlik brendi nomidan foydalangan hamda qimor o‘yinlarini rag‘batlantiruvchi sahna ko‘rinishlari aks etgan video-roliklarni aniqlangan.
Ushbu materiallar aynan ko‘p miqdorda kuzatuvchilari bo‘lgan Shamsiddinov Amirxon O‘tkir o‘g‘li (amirxan_uzbek) va Ilyosov Doniyor Ma’ruf o‘g‘lining (donik_krash) shaxsiy sahifalarida joylashtirilgani qayd etildi.
Qo‘mita mazkur holatlarni qonunbuzarlik deb topib, blogerlar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi va tegishli hujjatlar sudga yuborildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bolalar ombudsmani bloger «Chechenka»ni javobgarlikka tortgani haqida yozgandi.
Apple bir necha yildan keyin ilk bor yangi iPhone narxini oshiradi. Jefferies investitsion bank tahlilchilari start narxi $50 ga ko‘tarilishini mumkinligini qayd etdi. Narxlarning oshishi iPhone 17 Pro va 17 Pro Max modellari uchun amal qiladi. Bu haqda Macworld xabar bermoqda.
Sabablar bir necha omildan iborat. Butlovchi qismlar narxi oshdi. AQSh Xitoy mahsulotlariga bojlar joriy etdi. Prognoz Hindistondagi yangi tariflardan keladigan xarajatlarni hisobga olmagan.
Apple sun’iy intellekt loyihalarini tezlashtiryapti. Tim Kuk Siri’ni yanada shaxsiylashtirish bo‘yicha siljish borligini aytgan.
Kompaniya SI tizimini joriy etish va sotib olish uchun M&A bitimlariga ham tayyor. Maqsad sun’iy ong yechimlarini tezroq joriy etish.
Eslatib...