Xpeng kompaniyasi tomonidan yangi Xpeng G7 EREV avtomobili namoyish etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Model 1,5 litrli dvigatelga ega gibrid platformada ishlab, sof elektr rejimida 325 km masofani bosib o‘tishi mumkin. Yangi versiya tashqi ko‘rinishda mavjud elektr modeli bilan bir xil bo‘lib, kompaniyaning mashhur Robot Face konsepsiyasini davom ettiradi. Model 4918×1925×1655 mm o‘lchamda taqdim etilgan. G‘ildirak bazasi 2890 mmni tashkil etadi. Bu uni EV variantidan 26 mm uzunroq qiladi. Avtomobilning og‘irligi 2245 – 2255 kg oralig‘ida.
Quvvat tizimi 1,5 litrli DAM15NTE benzinli dvigatel (148 ot kuchi) va 218 kVt (292 ot kuchi) elektr motoridan iborat. Jami...