Barcha banklarda masofadan turib bank kartasini ochishda hech qanday muammo yo‘q. Ularni yopishda esa faqatgina bank yoki uning filialiga borib ariza asosida yopish mumkin. Markaziy bank rahbari Timur Ishmetov bu tizimdagi o‘zgarishlar haqida jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Bu borada hozir men qandaydir aniq reja bor deb o‘ylamayman. Lekin masofadan turib bank kartalarini yopishda hech qanday muammo ko‘rmayapman. Bu tizimni jurnalistlar va mutaxassislar bilan chuqur o‘rganib chiqishimiz lozim», — dedi Markaziy bank rahbari.
Ishmetovning qo‘shimcha qilishicha, bank kartalari bilan o‘rnatilgan cheklov 1 yilga amal qiladi va komplaens tizimini rivojlantirish hisobiga bu tizimni o‘zgartirish ko‘rib...