Xitoyda yangilangan Luxeed R7 avtomobili ommaviy ishlab chiqarishga chiqdi. Model BEV va EREV versiyalarida taklif etiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Luxeed — Chery va Huawei’ning qo‘shma loyihasi. Arxitektura Chery’ning E0X platformasiga asoslangan. Huawei HIMA tarmog‘i orqali savdoni ham yuritadi.
Birinchi sotuv 8-avgustda boshlangan. 11-avgust kuni Wuhu shahridagi Luxeed Super Factory’da konveyer ishga tushgan.
Zavodda 90 ming m² payvandlash sexi bor. 600 dan ortiq robot ishlaydi. 5G integratsiyasi bor. Rejalashtirilgan quvvat yiliga 300 ming dona.
Modelning tomida LiDAR sensori bor. Old bamper faol havo kirish tizimi bilan yangilangan.
Sotuvlar keyingi hafta boshlanishi rejalashtirilgan. Mashinalar HIMA do‘konlariga yetkaziladi...