Mazda kompaniyasi 2025-yilgi Chongqing xalqaro avtosalonida o‘zining barcha modellarini taqdim etdi. Tadbirda ayniqsa Mazda EZ-60 modelining mahalliy debyuti katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. CarNewsChina nashrining yozishicha, model allaqachon 26 mingdan ortiq buyutma olgan.
Mazda va Changan Auto hamkorligida ishlab chiqilgan EZ-60 o‘rta hajmdagi SUV sifatida bozorga chiqmoqda. 6-iyun holatiga ko‘ra, avtomobilga 26 mingdan ortiq kichik depozit asosidagi buyurtmalar berilgan.
Buyurtmachilarning asosiy qismini 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan shahar aholisi tashkil etmoqda – 76% yoshlar, 71% esa birinchi va ikkinchi toifadagi yirik shaharlardan.
Avtomobilda segmentida ilk bor qo‘llanilgan texnologiyalar mavjud. U 100 dyuymli ko‘zoynaksiz 3D proyeksion displey (HUD), ko‘z harakatini...