Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish bo‘yicha yangi hujjatni tasdiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Spetsifikatsiya 2025-yil avgust – dekabr oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan nomzodlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, unda malaka sinov topshiriqlarining yo‘nalishlari va mezonlari belgilangan:
Boshlangʻich ta’lim (oʻzbek, rus, qirgʻiz, qoraqalpoq, qozoq, tojik va turkman tillarida) Qardosh tillar (qoraqalpoq, qirgʻiz, qozoq, tojik va turkman tillarida) Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, koreys, hind, xitoy va yapon tillarida) Fanlar (jami 34 ta)Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu hujjat tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lsa-da, pedagoglar uchun malaka...