AQSh hukumati chet elliklarga noimmigratsion vizalar, jumladan, B1/B2 biznes/turistik vizalarini berish qoidalarini kuchaytirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti yangi tartibni e’lon qildi.
Ilgari esa bu turdagi arizalar istalgan davlatdagi elchixonalar orqali qabul qilinardi. 6-sentabrgacha suhbatga yozilganlar uchun eski shartlar amal qilishi davom etadi.
Yangi tartib quyidagicha:
Rossiya fuqarolari endilikda hujjatlarni faqat Ostonada yoki Varshavada topshira oladi; belarusliklar uchun – Vilnyus va Varshava; ukrainaliklar uchun – Varshava va Krakov; Eron fuqarolari uchun esa Dubaydagi vakolatxona belgilangan.Yangi qoida diplomatik, xizmat va NATO vizalariga tatbiq etilmaydi. Ba’zi hollarda tibbiy yordam, insonparvarlik yoki tashqi siyosat asosida istisnolar qo‘llanishi mumkin.