Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Aleksey Yerxov tayinlandi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarori qabul qilindi.
Yerxov 1960-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan. U 1983-yildan buyon diplomatik faoliyat bilan shug‘ullanib keladi. Turli yillarda Rossiya elchixonalari tarkibida Marokash (1983 – 1987), Misr (1990 – 1994) va Isroilda (1996 – 2000) xizmat qilgan.
Diplomat 2003 – 2006-yillarda Rossiyaning Suriyadagi elchixonasida maslahatchi-vakil, 2009 – 2015-yillarda Istanbuldagi bosh konsul sifatida faoliyat yuritgan. 2015 – 2017-yillarda esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Vaziyat va inqiroz markazi departamentini boshqargan.
Shundan so‘ng u Rossiyaning Turkiyadagi elchisi sifatida ishlagan. Endilikda esa Yerxovning asosiy...