11-noyabr kuni Akram Imomog‘liga qarshi ayblov xulosasi e’lon qilindi. Prokuratura uni 142 band bo‘yicha ayblab, 2430 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini so‘radi. Bu haqda «Anadolu» xabar berdi.
Ayblovga ko‘ra, Imomog‘li davlat tenderlarida til biriktirish, moliyaviy firibgarlik, pul yuvish, soxta hujjatlar tayyorlash va jinoiy tashkilot tuzishda ayblanmoqda. Istanbul bosh prokuraturasi hisob-kitobiga ko‘ra, bu jinoyatlar oqibatida davlatga 3,27 milliard yevro va 20,7 million yevro miqdorida zarar yetkazilgan.
Imomog‘li shu yilning mart oyida hibsga olingan bo‘lib, hozirda Silivri tumanidagi Marmara qamoqxonasida saqlanmoqda. U bilan birga 402 nafar gumonlanuvchi hibsga olingan, ular orasida uning yaqin siyosiy hamkorlari ham bor. Prokuratura ta’kidicha, Imomog‘li o‘z...