Surxondaryo viloyati IIB xabar berishicha, ayol va uning chaqalog‘i norasmiy turmush o‘rtog‘i tomonidan majburan molxonada ushlab turilgan. Voqea haqida huquq-tartibot idoralariga 26-avgust kuni xabar berilgan.
Shundan so‘ng Uzun tumanidagi mahallaga profilaktika inspektori yetib kelgan. Uy egalari qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, u molxona eshigini buzib kirib, ayol va bolasini og‘ir sharoitida saqlanayotganini aniqlagan.
Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ayolning norasmiy turmush o‘rtog‘i uni bir necha oy davomida molxonada majburan saqlab kelgan. Jabrlanuvchining nutqida nuqsoni borligi qayd etilgan. IIBning ta’kidlashicha, erkak unga nisbatan psixologik va jismoniy zo‘ravonlik qilgan.
Hozirda ayol va uning farzandi shifokorlar nazoratida. Ularning ta’minoti hududiy ijtimoiy himoya boshqarmasi tomonidan...