Svetlana Xe Markaziy bank va Kuzatuv kengashi tasdig‘idan so‘ng «Uzum Bank» boshqaruvi raisi lavozimini egalladi. Yangi lavozimda u jamoasi bilan bankning uzoq muddatli rivojlanishiga, foydalanuvchilar va biznes uchun innovatsion fintex mahsulotlarini ishga tushirishga, shuningdek, kompaniyaning bozordagi mavqeyini mustahkamlashga e’tibor qaratadi.
«Uzum Bank» o‘zining mahalliy infratuzilmasini rivojlantirmoqda. Bu infratuzilma nafaqat jahon darajasidagi fintex xizmatlarining, balki mutlaqo yangi texnologiyalar va yechimlarning asosiga aylanishi mumkin. Biz uchun global tajriba va ilg‘or texnologik amaliyotlardan foydalanib, foydalanuvchilar va tadbirkorlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mahsulotlar yaratish muhim. Ishonchim komilki, Uzum ekotizimi jamoasi bilan birgalikda raqamli xizmatlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqamiz hamda...