Microsoft olib borgan yangi tadqiqotga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) eng ko‘p xavf ostiga qo‘yadigan 40 ta kasb aniqlandi.
Mazkur ma’lumotlarni taqdim etish uchun kompaniya yuzlab kasblarni tahlil qilib, ularga SI qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqladi.
«Bizning tadqiqotimiz SI chat-botlari aynan qaysi kasb toifalarida samarali ishlatilishi mumkinligini o‘rgandi. Tadqiqotimizda SI ko‘plab vazifalarda yordam bera olishini ko‘rsatadi, biroq u butunlay mustaqil kasbni egallay oladi degani emas», – deydi katta ilmiy xodim Kiran Tomlinson.
O‘zining sun’iy intellekt modeliga ega kompaniya tizim matn yozish va tadqiqot materiallarini yig‘ish sohalarida samarali ishlashini ta’kidladi. Tadqiqot davomida har bir kasb...