2025-yilning birinchi yarmida Xitoyning CATL kompaniyasi elektromobillar uchun akkumulyatorlar bozorida yetakchilikni mustahkamlab, ulushini 37,9% ga yetkazdi. Uning orqasidan BYD kompaniyasi 89,9 GVt/soat hajm bilan 17,8% bozor ulushini egalladi, deya xabar bermoqda IT Home nashri.
Janubiy Koreyaning LG, SK On va Samsung SDI kompaniyalari esa umumiy 16,4% bilan ortga qolmoqda. Ayniqsa, Samsung SDI ulushi 3,2% gacha pasaydi.
SNE Research va CABIA ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda faqat CATL va BYD bozorning 66,6% qismini egallab turibdi. Bu esa Xitoyning elektromobil akkumulyatorlari sanoatidagi global ustunligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei’ning Maextro S800 sedani 10 mingdan ortiq buyurtmalar olgani haqida xabar...