O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 50 dan ziyod davlat rahbarlari, yetakchilar va vazirlar Shavkat Mirziyoyevga tabrik xati yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Ishonchim komilki, biz bundan buyon ham Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni barcha yo‘nalishlarda har tomonlama rivojlantiramiz. Bu do‘st xalqlarimiz manfaatlariga, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga to‘la mos keladi», degan Vladimir Putin maktubida.
«Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda, xalqning turmush darajasi yuksalmoqda, mamlakat dadil qadamlar bilan strategik maqsad – Yangi O‘zbekistonni barpo etish sari bormoqda. Bu do‘st va qo‘shni, har...