Qualcomm kompaniyasi 2025-yilning uchinchi choragida $10,4 milliardlik daromadga erishdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foizlik o‘sishni anglatadi.
Ma’lum qilinishicha, eng katta daromad QCT (Qualcomm CDMA Technologies) bo‘limi hissasiga to‘g‘ri kelgan – $6,32 milliard. Ayniqsa, avtomobil yo‘nalishida 21 foizlik sezilarli o‘sish qayd etilgan.
GAAP (umumiy hisoblash standartlari) bo‘yicha soliqdan oldingi foyda $2,95 milliardni, sof foyda esa $2,67 milliardni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 30 foiz va 25 foizlik o‘sishni bildiradi. Har bir aksiya uchun daromad $2,43 bo‘lib, 29 foizga oshgan.
Non-GAAP (moliya hisobotlarida qo‘shimcha elementlarsiz ko‘rsatkichlar) bo‘yicha esa soliqdan oldingi foyda $3,54 milliard, sof foyda...