Chevrolet Damas O‘zbekistonda uzoq yillar davomida eng ommabop va hamyonbop mikroavtobuslardan biri bo‘lib kelmoqda. U kichik biznes egalari, savdogarlar va oilalar uchun asosiy transport vositasiga aylangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon 49,6 ming dona yangi Damas sotilgan. Shu yerda tabiiy savol tug‘iladi: kelgusida bu segmentda uning o‘rnini qaysi model egallashi mumkin?
Mahalliy ishlab chiqarishdagi yangi loyiha
2025-yil 23-yanvar kuni Sirdaryo viloyatidagi Asaka Motors zavodida Wuling N111 minivenining yig‘ilishi boshlangan.
Model 7 o‘rinli bo‘lib, 1,2 litrli, 82 ot kuchiga ega benzin dvigateli bilan jihozlangan. Mashina konditsioner va ABS tizimiga ega. Uning yonilg‘i sarfi 6,3 litr/100 km...