Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Xalqaro migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi (XMSRM) hamkorligida Toshkent shahrida migrantlar resurs markazi (MRM) ochildi.
Ta’kidlanishicha, bu markaz Markaziy Osiyo hududida ochilayotgan uchinchi shunday maskan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.
Markazning asosiy vazifasi — fuqarolarga xavfsiz va qonuniy migratsiya bo‘yicha ma’lumot berish, noqonuniy migratsiya hamda odam savdosi xavfi haqida ogohlantirish, chet elga ketayotganlarga maslahat berish va vatanga qaytganlarga qayta moslashishda yordam ko‘rsatishdan iborat.
Ochilish marosimida O‘zbekiston hukumati, Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar bu kabi markazlar odamlarni to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘mak berishini...