Ikki hafta ketma-ket yuqori o‘sishdan keyin «Hamkorbank» aksiyalari keskin arzonlashdi. «O‘zbektelekom»ning esa ham imtiyozli, ham oddiy aksiyalarida o‘sish qayd etildi.
«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 18-avgustdan 22-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,32 foizga o‘sdi.
Mazkur indeks bundan oldin ketma-ket to‘rt hafta pasayishni qayd etgandi. Shuningdek, o‘tgan haftada ko‘plab aksiyalar narxi ham qimmatlashdi.
Masalan, «O‘zbektelekom»ning imtiyozli va oddiy aksiyalari mos ravishda eng katta o‘sishga erishib, 6,29 va 5,18 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qo‘qon mexanika zavodi» (+2,94%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Hamkorbank» aksiyalari 11,65 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini...