10-mart kuni Samsung kompaniyasi Galaxy A56 smartfonini taqdim qildi. Kursiv Uzbekistan Sammobile nashriga tayanib, smartfon haqidagi to‘liqroq ma’lumotlarni jamladi.
Displey va dizayn
Galaxy A56 6,7 dyuymli Super AMOLED ekrani 120 Gs yangilanish tezligi va 1200 nits yorqinlik bilan jihozlangan. Biroq displey ramkalari hali ham ancha sezilarli. Suv va changdan himoya qilish uchun IP67 sertifikatiga ega.
Kamera tizimi
Orqa kameralar tarkibi 50 MP asosiy, 12 MP ultra keng burchakli va 5 MP makro kameradan iborat. Kamera sifat jihatidan avvalgilariga yaqin, lekin ishlash tezligi oshgan. Old kamera 32 MP dan 12 MP ga o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, yaxshiroq sensor tufayli suratlar aniqroq chiqadi.