Xitoydagi bir nechta dilerlarda Hyundai Tucson L 2025 krossoverining sport uslubidagi N-Line versiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.
Yangi model sport ko‘rinishga ega bo‘lib, qizil tikuvli zamsh o‘rindiqlar, metall pedal qoplamalari, uch spikali rul va qizil ramkali start tugmasi mavjud.
Salon ichida ikkita 12,3 dyuymli ekran, elektr sozlamalar, old o‘rindiqlarda isitish va ventilyatsiya, panoramali tom, kruiz-kontrol va haydovchiga yordam beruvchi tizimlariga ega.
Orqa o‘rindiqlarni tugma orqali buklab, yuk joyini 1903 litrgacha kengaytirish mumkin. Tucson L – aynan Xitoy bozoriga mo‘ljallangan, cho‘zilgan kuzovli model.
Kapoti ostida 1,5 litrli, 197 ot kuchiga ega turbo dvigatel joylashgan. U...