Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 14 mingdan ortiq respondentlarning 34 foizida umuman jamg‘armalar yo‘q. Tadqiqot natijalari regulyatorning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
So‘rovda qatnashganlarning qolgan qismi esa jamg‘armalarga ega ekanini bildirgan: 23 foizi – naqd shaklda uyda saqlaydi, yana 23 foizi – bank kartalarida, 20 foizi esa banklardagi omonat hisobvaraqlarida saqlaydi.
Shuningdek, respondentlarning 35 foizi jamg‘armalarni bank bo‘limlariga bormasdan, mobil ilovalar orqali shakllantirayotganini ma’lum qilgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 49 foizi mobil ilovalar orqali omonat ochish imkoniyatidan xabardor va undan foydalanadi. 37 foizi bu imkoniyat borligini biladi, ammo foydalanmaydi. 10 foiz esa bu xizmat haqida umuman xabardor emas...