Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, islomiy bank sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya olish tartibi aniqlashtiriladi, islomiy moliya operatsiyalariga oid tushunchalar ochib beriladi. Shuningdek, bunday banklarga islomiy moliya standartlari asosida savdo faoliyatini yuritish, yuridik shaxslarni tashkil etish hamda ulardagi aksiyalarni sotib olish huquqi beriladi.
Deputatlar qonun loyihasida ilgari bildirilgan takliflarning inobatga olinganini, islomiy moliya operatsiyalariga soliq solish bo‘yicha tartib joriy etilishi moliyaviy xizmatlar hajmini kengaytirishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va xorijiy investitsiyalarni...