21-avgust kuni O‘zbekiston hudud bo‘ylab havo harorati kechasi 12–23°, kunduzi 25–40° oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
21-avgust kuni O‘zbekiston hudud bo‘ylab havo harorati kechasi 12–23°, kunduzi 25–40° oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Mozori Sharif shahrida Alisher Navoiy haykalining olib tashlanishi bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston hukumati bilan bog‘landi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, haykal joylashgan hudud shoir xotirasiga munosib emasligi sababli yodgorlik buzilgan.
Afg‘oniston tomoni bu ishlar Madaniyat vazirligi va jamoatchilik bilan kelishilmaganini qayd etib, holat yuzasidan taassuf bildirdi. Shu bilan birga, Alisher Navoiy sharafiga yangi, ko‘rkam majmua qurilishi, hudud obodonlashtirilishi va maydonga buyuk mutafakkir nomi berilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish ishlari davom etayotgani haqida yozgan edik.
2025-yil 19-avgust kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish jarayonida tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisada 19 kvadrat metr maydon zararlangan bo‘lsa-da, binoda fuqarolar jabr ko‘rmadi va ichki qismi butunligicha saqlanib qoldi, deya yozmoqda markaz matbuot xizmati.
Rasmiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, markaz hali foydalanishga topshirilmagan va xodimlar bu yerda faoliyat olib bormaydi. Shuningdek, noyob eksponatlar va Ka’ba yopinchig‘i ham bu binoda emas, balki xavfsiz joyda saqlanmoqda.
Qurilish ishlari «O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ loyihasi asosida, «Trest-12» AJ bosh pudratchiligida olib borilmoqda. Tashabbus Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi direksiya tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Islom...
O‘zbekiston viloyatlari reytingi e’lon qilindi
Progressiv islohotlar markazi ilk bor O‘zbekiston viloyatlarining kompleks rivojlanish reytingini taqdim etdi.
2024-yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari yetakchi uchlikka kirdi. Toshkent shahri 7 yo‘nalishdan 5 tasida birinchi o‘rinni egallab, umumiy reytingda peshqadam bo‘ldi. Reyting oxirgi qismida Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari qayd etildi. Xususan, Jizzax viloyati ta’lim yo‘nalishida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Ilon Mask yangi siyosiy partiya tuzish rejasini vaqtincha to‘xtatdi
Ilon Mask o‘zining yangi siyosiy partiya tuzish bo‘yicha rejasini kechiktirdi. Wall Street Journal’ning yozishicha, u hozircha barcha e’tiborini biznes loyihalariga qaratishni ma’qul ko‘rmoqda.
Mask iyul oyida Donald...
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga oid yangi tartiblarni tasdiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
2025-yil 4-avgustda qabul qilingan mazkur buyruq asosida bir qator idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Ular mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish xavfsizligi, tibbiy ko‘riklar, texnik reglamentlar va sanitariya-gigiyena normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Jumladan, issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish, matbaachilik va klinik laboratoriyalar sohasida xodimlar mehnatini muhofaza qilish tartiblari yangilandi.
Yangi talablarga ko‘ra:
50 va undan ortiq xodim ishlaydigan tashkilotlarda albatta mehnatni muhofaza qilish xizmati yoki mutaxassis lavozimi joriy etiladi; baxtsiz hodisalarni tekshirish, majburiy tibbiy ko‘riklarni tashkil etish...Abituriyentlar bakalavr kirish imtihonida to‘plagan ballari bilan tibbiyot texnikumlarini 28-avgustga qadar (shu kuni ham) tanlashlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Tibbiyot texnikumlariga qabul «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida amalga oshiriladi. Biologiya va kimyo fanlarini tanlagan abituriyentlar jami to‘plagan ballar asosida, boshqa fanlarni tanlaganlar esa majburiy fanlar bo‘yicha ballariga ko‘ra mutaxassisliklarni tanlash huquqiga ega.
Tibbiyotdan boshqa texnikumlar uchun qabul my.edu.uz platformasi orqali 10-sentabrgacha davom etadi va yozma imtihon asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, yakuniy natijalar tanlash jarayoni tugaganidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq super-kontrakt narxi qanday hisoblanishi haqida...
Progressiv islohotlar markazi ilk bor O‘zbekiston viloyatlarining kompleks rivojlanish reytingini taqdim etdi. Bu haqda markaz rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
2024-yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari yetakchi uchlikka kirdi. Toshkent shahri 7 yo‘nalishdan 5 tasida birinchi o‘rinni egallab, umumiy reytingda peshqadam bo‘ldi.
Reyting oxirgi qismida Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari qayd etildi. Xususan, Jizzax viloyati ta’lim yo‘nalishida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Baholash 57 ta indikator asosida amalga oshirilib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot, infratuzilma, imkoniyatlar, jinoyatchilik va tabiiy muhit kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahri ko‘plab sohalarda yetakchilik qilsa-da, Surxondaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida hali...
Andijon viloyatidagi bir shaxs Latviyaga ishchi viza olib berish bahonasida to‘rt fuqarodan $10 ming talab qilgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu kabi holat Toshkent viloyatida ham qayd etildi. Angren shahrida yashovchi yigit uch fuqaroga viza rasmiylashtirib berish evaziga $8250 talab qilib, pulning bir qismini olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi asosida ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolar esa chet elga ishga ketishda faqat rasmiy agentliklar orqali murojaat qilishlari qat’iy tavsiya etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qariyb 80 kg giyohvandlik moddasi musodara qilingan edi.
Realme tomonidan yangi Realme P4 Pro smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Model arzon narx va kuchli xususiyatlarning uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Qurilmaning qalinligi atigi 7,68 mm, og‘irligi esa 189 gni tashkil etadi. Smartfon suv va changdan to‘liq himoyalangan (IP68/IP69). Eng katta afzalligi 7000 mA·soat sig‘imli batareya bo‘lib, u 80 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Realme P4 Pro 6,8 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Ekran 1,5K o‘lchamda, 144 Hz yangilanish tezligi va 4608 Gs PWM chastotasini ta’minlaydi. Uni Corning Gorilla Glass 7i himoya qiladi.
Smartfonning yuragi deya Snapdragon 7 Gen 4 protsessorini aytish mumkin. Asosiy kamera ikki moduldan...
Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangilanish siyosatini sezilarli darajada kengaytirdi. Endi faqat flagmanlar emas, balki o‘rta segmentdagi ayrim modellarga ham uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi. Lifehacker nashri ro‘yxatni e’lon qildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, gap yangi funksiyalar qo‘shilishida emas, balki xavfsizlik yangilanishlari haqida bormoqda. Bu esa qurilmaning himoyasini kuchaytirib, uning uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan modellarga 4 yil davomida operatsion tizim yangilanishlari ham taqdim etiladi.
Xiaomi hattoki Redmi Pad 2 modelini 7 yilgacha qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Bu esa Android olamida rekord bo‘lib, Samsung va Google’ning siyosatidan ham uzunroq muddatni o‘z ichiga oladi.
Ro‘yxat:
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi Note...
Ilon Mask o‘zining yangi siyosiy partiya tuzish bo‘yicha rejasini kechiktirdi. Wall Street Journal’ning yozishicha, u hozircha barcha e’tiborini biznes loyihalariga qaratishni ma’qul ko‘rmoqda.
Mask iyul oyida Donald Tramp bilan soliq imtiyozlari va davlat xarajatlari borasida yuzaga kelgan keskin bahs ortidan «America Party» nomli siyosiy kuchni tashkil etishni e’lon qilgan edi. Ammo so‘nggi haftalarda u AQSh vitse-prezidenti JD Vance bilan munosabatlarini saqlashga ko‘proq ahamiyat berayotgani aytilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, yangi partiya tuzish rejasi Vance bilan aloqalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois Mask agar Vance 2028-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lsa, uni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Mask Tramp va...
O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi xabar berdi.
Umumjahon reytingida esa respublika 10-pog‘onada joylashgan. Mamlakatda uran qazib olish ekologik xavfsiz usulda – yerosti yuvish texnologiyasi orqali amalga oshirilmoqda. Bu usul atrof-muhit uchun nisbatan tejamkor hisoblanadi.
Bugungi kunda 23 ta kon foydalanilmoqda. Yana 10 ta obyektda geologik-qidiruv ishlari davom etmoqda. 2025-yilda uran qazib olish hajmi 4,2 ming tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda. 2030-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 7,2 ming tonnaga oshirilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston ilk atom elektr stansiyasi uchun yoqilg‘ini 2029-yilda qabul qilishi ma’lum bo‘lgandi.
18 – 20-avgust kunlari Nukusda CyberWeek dasturining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. Tadbir Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi va Uzacard to‘lov tizimi hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuvlar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bank, IIV, tijorat banklari va IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Ikki kun davomida kiberxavfsizlik, moliyaviy sohada firibgarlikka qarshi kurashish va raqamli madaniyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Dastur doirasida matbuot anjumani, panel muhokamalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mutaxassislar to‘lov xizmatlarini himoyalash hamda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashdi.
Foto: Asliddin Shamsiyev
CyberWeek Nukus bosqichi Farg‘ona va Samarqandda o‘tkazilgan tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. U O‘zbekistonda foydalanuvchilar uchun...
2026-yildan «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili ishga tushadi. Bu haqda prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Mazkur tamoyil orqali tadbirkor ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda elektron raqamli imzo, bank hisob raqami, ijara shartnomasi va soliq organida ro‘yxatdan o‘tgan kassa apparatini birdaniga olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu tariqa bir haftalik jarayon 15 daqiqagacha qisqaradi.
Bundan tashqari, 2026-yildan 10 ta litsenziya va ruxsatnomalar talabi bekor qilinadi. Ayrim sohalarda esa litsenziya va ruxsatnoma o‘rniga faqat xabardor qilish tartibi joriy etiladi. Endi qoidabuzarlik sodir bo‘lsa, jarima faqat korxonaning o‘ziga qo‘llanadi.
Shuningdek, ko‘chat, mineral o‘g‘it, chorva ozuqasi kabi 32 turdagi mahsulot uchun majburiy sertifikatlash bekor qilinadi...
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga (QQS) o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
QQS stavkasi 12 foizga tushirilgani tufayli bu soliq rejimiga o‘tayotgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Shu sabab QQSga o‘tayotgan korxonalarga qo‘shimcha yengilliklar beriladi:
ular bir yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi; hisob-kitobda xatolik bo‘lsa jarima qo‘llanmaydi; buxgalter maoshining besh million so‘mgacha qismi olti oy davomida soliqlardan chegirib tashlanadi.Shuningdek, yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan oshgan korxonalarga qo‘yilgan foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lov talabi endi faqat 20 milliard so‘mdan yuqori aylanmaga ega bo‘lganlarga tatbiq etiladi. Bu orqali 14 mingga yaqin...
20-avgustdan boshlab Qoraqalpog‘istonda jamoat transportida yangi tariflar kuchga kirdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi qarorida qayd etildi.
Unga ko‘ra, avtobuslarda naqd pul orqali yo‘l haqi 2600 so‘m, bank kartasi, ATTO yoki transport kartasi orqali to‘lov qilinsa, 2000 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, shahar ichi va tuman markazidan chiqadigan shaharlararo yo‘nalishli taksilarda 5 km.gacha masofa uchun yo‘l haqi 3000 so‘m qilib belgilandi. Bu summaga qo‘shilgan qiymat solig‘i ham kiritilgan.
Hududdagi jamoat transportidan foydalanishda abonent tizimi ham joriy etilgan bo‘lib, oddiy yo‘lovchilar uchun avtobus abonementi oyiga 200 ming so‘m, yiliga 1 mln 642 ming so‘m bo‘ladi. Talabalar, o‘quvchilar, pensionerlar va nogironlar uchun...
Bugun, 20-avgust kuni dollar kursi 58,48 so‘mga oshib, 12 466,44 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 113,19 so‘mga pasayib, 14 517,17 so‘mni, rubl esa 0,54 so‘mga tushib, 155,42 so‘mni tashkil qildi.
Yevro va rubl valyutasining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Quyida yevro va rubl kurslarining o‘zgarishi bo‘yicha jadval keltirilgan:
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
Kelgusi yildan muqobil skoring modeli ishga tushib, kredit berish shartlari yanada osonlashtiriladi. Bu haqda davlat rahbari tadbirkorlar bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Prezident hozirda kredit tarixi «o‘rtacha», lekin ozgina ko‘mak berilsa, tez o‘sish imkoniga ega yana 500 ming mijoz borligini ta’kidladi. Shu sabab endi skoring tizimi soliq va kommunal to‘lovlar, rasmiy aylanma va eksport operatsiyalarini ham inobatga oladi.
Banklar bu yil tadbirkorlik loyihalari uchun olti milliard dollar resurs olib kelmoqda. Keyingi yilda esa aynan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shartlarda bir milliard dollar alohida resurs ajratiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi esa «chempion tadbirkor»larni ko‘paytirish maqsadida 10 milliard...
Qamrovi kam bo‘lgan hududlarda bog‘cha ochganlarga 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha 18 foizlik imtiyozli kredit beriladi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, endi bog‘cha qamrovi 70–80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tuman tadbirkorlarga alohida imtiyozlar beriladi. Xususan, bu hududlardagi bo‘sh yer maydonlarida davlat bilan xususiy sheriklik asosida bog‘chalar qurishga ruxsat etiladi.
Tadbirkorlardan yer uchun 30 yil davomida ijara haqi olinmaydi, shuningdek davlat bog‘chalarida har bir bola uchun ajratiladigan xarajatning yarmi subsidiya qilinadi. Ularga yer tekinga ajratilib, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi. Tarbiyachilarning maoshi esa uch yilgacha davlat tomonidan qoplab beriladi.
Oxirgi...
2025-yildan boshlab «Yosh tadbirkorlar» chempionati o‘tkazilib, unda tanlab olingan 100 ta g‘oyaning har biriga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan davom etayotgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ortiq startap faoliyat yuritmoqda.
«E’tibor bering, yetti oyning o‘zida startaplarga rekord miqdorda – $264 million xorijiy investitsiya keldi. Bu 2024-yil davomida kirgan sarmoyalardan 4 barobar ko‘p. Shu bois startaplarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jonlantiramiz», — dedi prezident.
Unga ko‘ra, yoshlarning mingta startap g‘oyasi tijoratlashtiriladi, shundan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi. Eng ilg‘or texnologiyalar jalb...
Kelgusi yildan boshlab davlat aktivlari besh yil muddatga ijaraga beriladi. Bu haqda davlat rahbari yig‘ilishda ma’lum qildi.
Shartnoma faqat ijara oluvchi istasa yoki majburiyatlarini bajarmasa bekor qilinadi. Shuningdek, endi davlat obyektlari va yer maydonlari uchun yillik ijara narxi inflyatsiya darajasidan ortiq oshirilmaydi.
Yig‘ilishda 1991-yilda qabul qilingan «Ijara to‘g‘risida»gi Qonun, asosan, davlat manfaatini himoya qilgani ta’kidlandi. Endi ijara beruvchi va oluvchi huquqlarini teng himoya qiladigan yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, joriy yil 16 tumanni jadallik bilan rivojlantirish uchun 1,1 trillion so‘m ajratildi. Jahon banki ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, $250 million mablag‘ ajratmoqda. Kelgusi yilda esa yana $500 million hisobiga...
Respublikadagi barcha mahalliy mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari har bir turist uchun kuniga 62 ming so‘mgacha bo‘lgan turist yig‘imidan ozod etiladi. Bu haqda davlat rahbari yig‘ilishda ma’lum qildi.
Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonga qariyb 7 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, 15 million aholi esa ichki turizm bo‘yicha safarga chiqdi. Kelgusi 3–4-yil ichida chet ellik sayyohlar oqimi kamida 15 millionga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu bois turizmni rivojlantirishning yangi dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, kelgusi uch yilda mehmonxonalar va turistik maskanlar qurish uchun jami 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi. Bunda yer sotib olish uchun tadbirkorlardan to‘lov...
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanadi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, yil boshidan beri yetti million xorijiy sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurdi, 15 million aholi ichki sayohatga chiqdi. Kelgusi 3 – 4-yilda xorijiy turistlar oqimi yiliga kamida 15 millionga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanadi.
Bundan tashqari, joriy yil hududlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish uchun 1,7 trillion so‘m ajratildi. Kelgusi yilda bu mablag‘ 25 foizga oshib, 2,1 trillion so‘mga yetkazilishi ma’lum qilindi.
Poytaxtda tadbirkorlar soni ortib borayotgani bois elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun yana ikki trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, tashqi infratuzilmani o‘z...
Sojitz Corporation prezidenti Kosuke Uemura «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida kompaniya Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, loyiha hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 2024-yil iyulida Sojitz Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochgan, yaqinda esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan energetika, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni qamrab oluvchi «Yo‘l xaritasi»ni imzolagan.
«Mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish investitsiyaga muhit yaratadi. Biz O‘zbekistonning ulkan salohiyatiga ishonamiz va asosiy maqsadimiz mamlakatning rivojlanishiga hissa qo‘shish», — deya qayd etgan Kosuke Uemura.
Prezidentning 1-avgustdagi qaroriga binoan, yangi aeroport qurilishi boshlangan. Birinchi bosqichda u...